AsosiyJamiyat

Samarqand xalqaro aeroportida turizm axborot markazi ochildi

'Samarqand xalqaro aeroportida turizm axborot markazi ochildi'ning rasmi

Samarqand shahrida o`tgan yili 9 ta turistik axborot markazi faoliyat ko`rsatgan bo`lsa, 2023 yilda ularning sonini 18 taga etkazish rejalashtirilgan.

Samarqand xalqaro aeroporti hududida turizm axborot markazi o`z ishini boshladi, deya xabar bermoqda Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, turizm axborot markazida chet el fuqarolarining O`zbekiston Respublikasida bo`lish tartibi, turistlar uchun qiziqarli bo`lgan madaniy meros ob`ektlari, turistik yo`nalishlar, jamoat transporti xizmatlari, avtomobil ijarasi, umumiy ovqatlanish, savdo va maishiy xizmat ko`rsatish, mehmonxonalar, tibbiy yordam markazlari va boshqalar bo`yicha batafsil  ma`lumotga ega bo`lish mumkin.

Ta`kidlash kerak, Samarqand shahrida o`tgan yili 9 ta turistik axborot markazi faoliyat ko`rsatgan bo`lsa, 2023 yilda ularning sonini 18 taga etkazish rejalashtirilgan.

Axborot markazining ochilishi Prezidentning  2022 yil 24 dekabrdagi “Samarqand viloyatining turizm va transport salohiyatidan samarali foydalanish,  viloyatni “Samarqand – Yangi O`zbekistonning turizm darvozasi” konsepsiyasi asosida rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshirildi. 

Ma`lumot uchun, Samarqand 2023 yilda Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) poytaxti hisoblanadi. UNWTO Bosh assambleyasining yubiley 25-sessiyasi aynan Samarqandda o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar