AsosiyJamiyat

Endilikda mablag` avtobusning yurgan masofasi va odamlar bu xizmatdan roziligiga qarab beriladi – Prezident

'Endilikda mablag` avtobusning yurgan masofasi va odamlar bu xizmatdan roziligiga qarab beriladi – Prezident'ning rasmi

Prezident huzurida jamoat transporti sohasini takomillashtirish yuzasidan yig`ilish boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlatimiz rahbari bu sohada muammolar to`planib qolgani, ularni hal etish uchun transport boshqarmalari va avtobus parklarida hozirgi ish tizimini o`zgartirish zarurligini qayd etdi.

Ayrim viloyat markazlarida jamoat transportini rivojlantirish rejasi ishlab chiqilmagani, joylarda ayrim avtobus yo`nalishlari ishlamayotgani, bekatlar etishmasligi ko`rsatib o`tildi.

Transport korxonalari kunlik “tushum plani”ni bajarishga bog`lanib qolib, kunning “eng daromadli” paytida (ertalab soat 8-10 da, kechqurun soat 17-19 da) harakatlanishga odatlangani tanqid qilindi. Qolgan vaqtda yo`lovchilar uzoq kutish yoki taksida yurishga majbur.

Shu munosabat bilan Prezident sohada moliyalashtirish, avtobus yo`nalishlarini tashkil etish, avtoparkni yangilash va infratuzilmani takomillashtirish bo`yicha yangi tizim joriy qilish chora-tadbirlarini belgilab berdi.

Endilikda mablag` avtobusning yurgan masofasi va odamlar bu xizmatdan roziligiga qarab beriladi.

Xizmat sifatiga – avtobusdagi qulayliklar va sanitar holat, kech qolmasdan bekatga etib kelishiga qarab baho beradigan tizim bo`ladi.

Bunda, tashuvchi tadbirkor har 1 kilometr uchun 10 foiz rentabellik bilan kafolatli to`lovni oladi.

Shu paytgacha bo`lgan kunlik tushum “plani”ni belgilash amaliyoti bekor qilinadi.

Bundan tashqari, aholiga qulay yo`l haqi tariflarini (yillik, choraklik, oylik, kunlik, soatlik) joriy qilish masalasi ko`rib chiqilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar