AsosiyJamiyat

Tadbirkorlarga yangi avtobuslar uchun QQSni bo`lib to`lashga ruxsat beriladi

'Tadbirkorlarga yangi avtobuslar uchun QQSni bo`lib to`lashga ruxsat beriladi'ning rasmi

Prezident yil yakuniga qadar barcha avtobus marshrutlari aholi ehtiyoji asosida qayta ko`rib chiqilishi shartligini ta`kidladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Viloyatlar hokimlariga Transport vazirligi va Transport universiteti bilan birgalikda 1 iyulga qadar barcha viloyat markazlarining Transport bosh rejasini ishlab chiqish bo`yicha topshiriq berildi. Bunda aholi orasida alohida so`rov o`tkazib, ularning fikrlarini olish zarurligi ko`rsatib o`tildi.

Avtobuslar parkini kengaytirish uchun tashuvchi tadbirkorlarga avtobus parkini yangilashni rag`batlantirish tizimi joriy qilinadi. Jumladan:

- tashuvchilarni tanlashda avtobusning yangiligiga qarab, yo`nalishda yo`lovchi tashishning kafolatlangan muddatlari 7 yilgacha uzaytiriladi (10 yoshdan oshgan avtobuslar bo`yicha shartnoma tuzilmaydi);

- tadbirkorlar olib kelgan yangi avtobuslar bo`yicha qo`shilgan qiymat solig`ini bo`lib-bo`lib to`lashiga ruxsat beriladi;

- avtobuslar sotib olish uchun 10 yilgacha muddatga imtiyozli kredit beriladi.

 

    Boshqa yangiliklar