AsosiyJamiyat

Toshkentda ota-onalardan farzandlarini o`zlari maktabga olib borib, kelishlari so`ralmoqda

'Toshkentda ota-onalardan farzandlarini o`zlari maktabga olib borib, kelishlari so`ralmoqda'ning rasmi

So`nggi kunlarda poytaxtda sodir bo`lgan noxush voqea ortidan Toshkent shahri Oila va xotin-qizlar boshqarmasi maktab o`quvchilarining ota-onalariga murojaat qildi.

"Ota-onalar farzandlariga o`zi hamrohlik qilishi va maktabga olib borib maktabdan olib ketishi kerak. Ular bilan doimo aloqada bo`lib turish lozim", - deyiladi murojaatda.

Eslatib o`tamiz, Toshkent shahri Yangihayot tumanida 31 yanvar kuni zo`rlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoshli qizning murdasi topilgandi. Uni o`zining qo`shnisi, bir muddat avval qizchaning uyida usta bo`lib ishlagan 29 yoshli shaxs shu kuyga solgani ma`lum bo`ldi. 

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v, z” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Jinoyat ishi bo`yicha gumonlanuvchi shaxs (29 yoshli erkak) Jinoyat-prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

    Boshqa yangiliklar