Bugun 23-sentyabr kuni o`smirlar o`rtasidagi Osiyo chempionatining “D” guruhida 3-tur o`yinlari bo`lib o`tadi. Toshkent vaqti bilan 18:30 da KXDR U-16 – O`zbekiston U-16va Tailand U-16 – Yaman U-16 uchrashuvlari start oladi.
Agar O`zbekiston U-16 guruh g`olibi bo`lsa, chorak finalda Iroq o`smirlariga qarshi o`ynaydi. Agar guruhda ikkinchi o`rinni qo`lga kiritsa, chorak finaldagi raqibi – Ummon o`smirlari bo`ladi.
“D” guruhida O`zbekiston va Shimoliy Koreya terma jamoalari ikkinchi turdan so`ng chorak final yo`llanmasini qo`lga kiritib bo`lgan.
Ta`kidlash kerakki, KXDR U-16 – O`zbekiston U-16 bellashuvi “Sport TV” orqali jonli efirda uzatiladi.





