AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekiston bo`ylab yomg`ir yog`adi

'Ertaga O`zbekiston bo`ylab yomg`ir yog`adi'ning rasmi

O`zbekistonning ayrim hududlarida 3 fevral kuni yog`ingarchilik kuzatiladi. Ba`zi joylarda qor yog`ishi mumkin. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati xabar berdi.

Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, kechga tomon yomg`ir yog`adi. Shamol g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4 daraja iliq, kunduzi 10-12 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq va -2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi. Ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, ba`zi joylarda 12-14 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi. Ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Farg`ona, Namangan viloyatlarida havo o`zgarib turadi. Ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq va 4 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar