Bugun, 2 fevral kuni Sirdaryo viloyatining Xovos tumanidagi elektr podstansiyada yong`in chiqdi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 15:25 da Xovos tumani “Mustaqillik” MFYda joylashgan “Milliy elektr tarmoqlar” AJ Sirdaryo hududiy filiali tasarrufidagi “Go`zal” podstansiyasida qisqa tutashuv natijasida yong`in sodir bo`lgan.
FVBdan 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 15:37 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 15:55 da to`liq o`chirilgan.
Hodisa oqibatida insonlarning tan jarohati olishi va halok bo`lish holatlari kuzatilmagan. Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






