Respublika hududlaridagi tashqi reklama va axborot vositalari orqali "Elmakon" savdo belgisining “Ikkinchi xotin”ga g`amxo`rlik qiling” mazmunidagi reklamalari joylashtirilganligi ma`lum bo`ldi.
Raqobatni rivojlantirish va iste`molchilar huquqlarini himoya qilish qo`mitasi bu kabi noqonuniy reklamalarga qat`iy ravishda qarshiligini ma`lum qildi.
“Reklama to`g`risida”gi Qonunning 16-moddasiga asosan, reklama va axborot vositalaridan foydalangan holda milliy va oilaviy an`analarga, shuningdek axloq va ma`naviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bo`lgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanishga yo`l qo`yilmaydi.
O`z navbatida, yuqoridagi holat qo`mita tomonidan nazoratga olingan va ularni bartaraf qilinishi ta`minlandi.






