AsosiyJamiyat

Anomal sovuq natijasida qiyinchilik ko`rgan tadbirkorlarga engilliklar beriladi

'Anomal sovuq natijasida qiyinchilik ko`rgan tadbirkorlarga engilliklar beriladi'ning rasmi

Bugun Prezidentning Namangan viloyatiga tashrifi boshlangan haqida xabar berilgan edi. 

Xushnudbek.uz`ning xabar berishicha, Shavkat Mirziyoev Namangan viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashgan.

"Bu yil qish nihoyatda sovuq keldi. Ko`plab tadbirkorlar bundan qiynalganini bilib turibman", — dedi Prezident.

Xususan, respublikada 3 mingta hududiy sanoat korxonasida 7 trillion so`mlik mahsulot ishlab chiqarilmagan (ularda 350 ming aholi band).

Hisob-kitobga ko`ra, zarur choralar ko`rilmasa, birinchi  chorakda yalpi mahsulot o`sishi 1,5 foizgacha pasayishi mumkin (5 foizdan 3,5 foizgacha).

"Oldimizda dolzarb vazifa — “qattiq sovuq” oqibatlarini bartaraf etib, biznes faoliyatini tezroq izga tushirish", — dedi Shavkat Mirziyoev.

Shu bois, iqtisodiyotda yo`qotishlar o`rnini qoplash va biznesni qo`llab-quvvatlash uchun bugun alohida Prezident qarori imzolangan.

    Boshqa yangiliklar