1

Qirg`izistonda bir oy ichida seftriaksondan 9 ta noxush holat qayd etildi, 1 kishi vafot etdi

Dunyo 03.02.2023, 18:55
Qirg`izistonda bir oy ichida seftriaksondan 9 ta noxush holat qayd etildi, 1 kishi vafot etdi

Qirg`izistonda yanvar oyi davomida 9 kishi “Seftriakson” dori vositasi tufayli anafilaktik shokga uchragan, shundan bir kishi vafot etgan. Bu haqda “Akipress” nashri mamlakat Sog`liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar berdi.

Nojo`ya reaksiyalar turli ishlab chiqaruvchilar – Hindiston, O`zbekiston, Buyuk Britaniya, Xitoy, Misr, Turkiya, Rossiyaning “Seftriakson” preparatlari tufayli sodir bo`lgan.

Beshta holatda uyga tashrif buyurgan hamshira, qo`shnining dori vositalarini qo`llashi, ya`ni anamnez, laboratoriya tekshiruvlari, tibbiyot xodimlarini ko`rikdan o`tkazmagani oqibatida allergik reaksiya yuzaga kelgan.

Mutaxassislarning ta`kidlashicha, anafilaktik shok bilan kasallanishning ko`payishi tendensiyasi mavjud bo`lib, bu antibakterial preparatlarni nazoratsiz, mantiqsiz qo`llash natijasi bo`lishi mumkin.

Mamlakat Sog`liqni saqlash vazirligining ma`lum qilishicha, parenteral yuborish qat`iy shifokor nazorati ostida va faqat sog`liqni saqlash tashkilotlarining davolash xonalarida amalga oshirilishi kerak.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1