AsosiyJamiyat

O`zbekiston Turkiyaga 60 nafar qutqaruvchi hamda 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi yuboryapti

'O`zbekiston Turkiyaga 60 nafar qutqaruvchi hamda 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi yuboryapti'ning rasmi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha,  Shavkat Mirziyoev topshirig`iga asosan qardosh Turkiya davlatiga insonparvarlik yordami va zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, 60 nafar FVV qutqaruvchilari hamda 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi yuborilmoqda.

Turkiyadagi so`nggi zilzila Toshkent vaqti bilan 15.24 da sodir bo`lgan.

Zilzila Anqarada ham sezildi. Yangi silkinishlar Suriyaning Damashq, Latakiya va boshqa qator viloyatlarida ham sezilgan.

Avvalroq Turkiya rahbari bugungi zilzila (7,7 magnitudali) 1939-yildan buyon mamlakatdagi eng kuchli zilzila bo`lganini ta`kidlagan edi.

    Boshqa yangiliklar