AsosiyDunyo

Vetnam yaqinida 4500 ta yangi avtomobil olib ketayotgan yuk kemasi yonib ketdi

'Vetnam yaqinida 4500 ta yangi avtomobil olib ketayotgan yuk kemasi yonib ketdi'ning rasmi

Janubiy Koreyadan 4500 ta yangi avtomobil olib ketayotgan kema bortida yong`in sodir bo`ldi. Baxtsiz hodisa Vetnam qirg`oqlarida yuz bergan. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, yong`in oqibatida kemada bo`lgan barcha transport vositalari jiddiy shikastlangan. Ah Shin yuk kemasida elektr transport vositalari ham bo`lgan, bu esa yong`inni o`chirishni qiyinlashtirgan – mazkur holatda o`chirish uchun oddiy suvdan foydalanish xavfli. Alanga o`chirilgan.

Barcha ekipaj a`zolari bortda qolmoqda, hech kim jabrlanmagan. Yong`in sabablari hozircha noma`lum.

    Boshqa yangiliklar