AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi barcha masjidlarda Turkiyadagi ofat arishi uchun xatmi Qur`on va duolar qilindi (video)

'O`zbekistondagi barcha masjidlarda Turkiyadagi ofat arishi uchun xatmi Qur`on va duolar qilindi (video)'ning rasmi

Bugun, 7 fevral kuni O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari tashabbuslari bilan yurtimizdagi barcha masjidlarda peshin namozidan so`ng jamoat bilan Turkiyadagi zilzila oqibatida musibatga uchragan qardosh turk xalqi haqqiga Qur`oni karim xatmlari bag`ishlanib, Haq taolodan marhumlarni rahmat qilishini, bemorlarga tezroq shifoi komil ato etishini so`rash barobarida balo-ofatlardan saqlashini so`rab, duolar qilindi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar bermoqda


Ta`kidlash lozimki, mo`min banda birodari musibatga, baloga uchraganini ko`rganda ularning haqqiga duoi xayrlar qilishi lozim bo`ladi. 
Qardoshlarimizning ushbu ulkan qayg`u va yo`qotishlariga sherik bo`lgan holda Haq taolodan ularga sabr-matonat va ofiyat tilaylik.

    Boshqa yangiliklar