1

Oliy sud bloger Mirzohid Inomjonovning nega qamalgani bo`yicha batafsil ma`lumot berdi

Jamiyat 07.02.2023, 20:29
Oliy sud bloger Mirzohid Inomjonovning nega qamalgani bo`yicha batafsil ma`lumot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda bloger Mirzohid Inomjonovga tayinlangan ma`muriy qamoq jazosi ayrim faollar tomonidan mutlaqo o`zgacha, aniqrog`i, so`z erkinligini bo`g`ish sifatida talqin etilayotgani hech kimga sir emas. Oliy sud Matbuot xizmati bloger roligi bo`yicha o`z munosabatini bildirdi.

Asl holatdan mutlaqo bexabar bo`la turib, M. Inomjonovning xatti-harakatlarini xaspo`shlashga urinayotganlar sud qarorining qonuniy, asosli va adolatli ekanligiga huquqiy baho berish faqat yuqori instansiya sudining vakolatiga tegishli ekanini unutmasalar, maqsadga muvofiq bo`lardi. 

Keling, endi mazkur ma`muriy ish qisqa tafsilotiga to`xtalaylik. M. Inomjonov 2023 yilning 2 fevral kuni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, fuqaro U. Mavlonovani katta ko`chada uyatli so`zlar bilan haqorat qilgan va atrofdagi fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini buzgan. 

Mazkur ish yuzasidan o`tkazilgan ochiq sud majlisida huquqbuzar M. Inomjonov, arizachi U. Mavlonova, guvohlar M. Xodjaeva hamda Sh. To`raboevaning tushuntirishlari tinglangan. M. Inomjonovning huquqqa xilof harakatlari guvohlarning tushuntirishlaridan tashqari ish hujjatlarida mavjud bo`lgan ariza, ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi bayonnoma, tushuntirish xatlari va ishdagi boshqa hujjatlar bilan o`z isbotini topgan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Namangan shahar sudining 2023 yil 3 fevraldagi qaroriga ko`ra M. Inomjonov Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) da nazarda tutilgan ma`muriy huquqbuzarlikni sodir etgan, deb topilib, unga nisbatan 5 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan. 

Ushbu ish yuzasidan taraflardan apellyasiya shikoyati (protesti) kelib tushmagan.

"Ijtimoiy tarmoqdagi ayrim faol shaxslardan asl holatni ko`rmay-bilmay turib, o`z taxminlari, farazlari bilan keng jamoatchilikni chalg`itishga, sudlar obro`siga putur etkazishga urinmasliklari so`raladi" deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1