O`zbekiston FVV bo`linmalari xodimlari Turkiyaga etib bordi. "O`zbekiston 24" telekanining ma`lum qilinishicha, 8 fevral soat 08:00 holatiga ko`ra, ular vayronalar ostidan turli tan jarohatlari olgan 9 kishini qutqarib olgan.
Chiqarib olinganlarning 5 nafari erkak va 4 nafari ayol. Bundan tashqari, 12 kishining jasadi olib chiqildi. Jarayon davomida 132 metr kvadrat maydonda 430 metr kub vayronalar tozalandi.
Xabarda qayd etilishicha, qidiruv-qutqaruv ishlari kunu tun davom etmoqda.
So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Turkiyada 6-7 fevral kunlari sodir bo`lgan zilzilalar qurbonlari soni 7,1 ming kishidan oshdi. Turkiya prezidenti vayronkor zilzilalardan jabr ko`rgan hududlarga bordi.






