1

Turkiyada davlat tomonidan zilziladan jabr ko`rgan har bir oilaga 10 ming liradan yordam beriladi (video)

Dunyo 08.02.2023, 17:45
Turkiyada davlat tomonidan zilziladan jabr ko`rgan har bir oilaga 10 ming liradan yordam beriladi (video)

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`an vayronkor zilzilalardan jabr ko`rgan hududlarga borgani haqida xabar bergan edik. 

Toyib Erdo`g`an bugun Qahramonmarash shahridagi chiqishida, Turkiyaning o`n viloyatida sodir bo`lgan zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun davlat barcha vositalar va imkoniyatlarni ishga solinganini ta`kidladi.

Turkiya rahbarining so`zlariga ko`ra, epimarkazi Qahramonmarash viloyati bo`lgan ikki zilzila qurbonlari soni, so`nggi ma`lumotlarga ko`ra, 8574 kishiga etgan, yana 49133 kishi jarohat olgan. 6444 ta turar-joy binosi vayron bo`lgan. 

Turkiya Prezidenti epimarkazi Qahramonmarashda bo`lgan ikki zilziladan jabr ko`rgan oilalarning har biriga davlatdan 10 ming lira (taqriban 530 AQSh dollari) dan yordam olishini ma`lum qildi. 

Uning so`zlariga ko`ra, tabiiy ofat zonasi aholisi, agar xohlasa, Antaliya, Alaniya va Mersindagi mehmonxonalarda qolishi mumkin. 

Prezident zilziladan jabr ko`rgan 10 ta viloyat aholisini boshqa ofatlar hududida bo`lgani kabi bir yil ichida ham yangi kvartiralar bilan ta`minlashni maqsad qilganini aytdi. 

Erdo`g`an vatandoshlarini falokatga qarshi birdamlik va hamjihatlikka chaqirdi. 

Davlat rahbari fuqarolar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari provokasiyalarga berilmasliklari va faqat Turkiya hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar departamenti (AFAD) tomonidan beriladigan rasmiy ma`lumotlarga ishonishlarini kerakligini aytdi. 

6 fevral, dushanba kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04.17 da – 7,7 ball va 13.24 da – 7,6 ball) magnitudasi etti balldan ortiq bo`lgan ikkita zilzila sodir bo`ldi.

Prezident Erdog`an tabiiy ofat qurbonlari uchun mamlakatda etti kunlik milliy motam e`lon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat bo`ylab yarimga hilpiratildi.

Vayronkor zilzila qo`shni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gresiya Kipr va Iroqda ham sezildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1