Toshkent shahrini energiya resurslari bilan ta`minlashni yaxshilash maqsadida Prezident tomonidan quyidagi qo`shimcha vazifalar belgilab berildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bular:
- sanoat zonalari va yirik korxonalarda quyosh panellari o`rnatish orqali 400 million kilovatt soat elektr chiqarish bo`yicha loyihalarni boshlash;
- ijtimoiy soha va davlat idoralari binolarida quyosh panellarini o`rnatish hisobiga 75 million kilovatt soat elektr ishlab chiqarishni ta`minlash;
- Yuqorichirchiq tumanida 500 megavattli yirik quyosh elektr stansiyasini qurish;
- poytaxtdagi sanoat korxonalarida elektr yo`qotishlarini 1 foizga kamaytirish va energiya samaradorligini 3 foizga oshirish;
- 1 ming 817 ta ko`p qavatli uylarning ichki isitish tizimini to`liq yangilash;
- 300 kilometr magistral issiqlik tarmoqlarini yangilab, yo`qotishlarni 5 foizga kamaytirish.
Umuman, shaharda qayta tiklanuvchi energiya joriy qilish uchun 1 milliard dollar yo`naltiriladi.






