AsosiyJamiyat

Shahardagi 584 ta mahallaning har biriga budjetdan qo`shimcha 1 mlrd so`mdan, jami yana 584 mlrd so`m ajratishga qaror qilindi

'Shahardagi 584 ta mahallaning har biriga budjetdan qo`shimcha 1 mlrd so`mdan, jami yana 584 mlrd so`m ajratishga qaror qilindi'ning rasmi

Mahallalarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaxshilash uchun Toshkent shahriga 1,4 trillion so`m mablag` yo`naltirilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, “Ochiq byudjet” doirasida mahallalar infratuzilmasiga 573 milliard so`m ajratiladi.

Prezident mahallalarni obodonlashtirish, tarmoqlar, yo`llar, suv inshootlarini ta`mirlash ishlariga yana qo`shimcha mablag` ajratilishini ta`kidladi. 

Shuning uchun shahardagi 584 ta mahallaning har biriga byudjetdan qo`shimcha 1 milliard so`mdan, jami yana 584 milliard so`m ajratishga qaror qilindi.

"Biz poytaxt aholisining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, bunday xayrli ishlarimizni jadal davom ettiramiz", - Prezident 

Yig`ilishda poytaxt jamoat transporti sohasida olib borilayotgan va rejalashtirilgan ishlarga to`xtalib o`tildi.

"Mana, bugun yangi metro stansiyalarini borib ko`rdik. Yangi liniyada jami 7 ta stansiyalar ishga tushganidan keyin, metroda kunlik yo`lovchilar soni 1 millionga chiqadi", - dedi davlatimiz rahbari.

Shaharda tirbandlikni qisqartirish, odamlarning uzog`ini yaqin qilishga qaratilgan bu ishlar davom ettirilishi ta`kidlandi. Jumladan:

-  1 aprelga qadar qo`shimcha 1 mingta avtobus olib kelinadi;
- 25 ta ko`chada avtobuslar uchun alohida yo`laklar tashkil etiladi;
- yil yakunigacha 233 ta chorrahadagi svetoforlarni yo`lovchi oqimiga qarab boshqarish tizimi joriy qilinadi;
- 20 ta oqim yuqori ko`chalarda xususiy sheriklik asosida jami 10 ming o`rinli parkomatlar tashkil qilinadi;
- Chilonzor, Yunusobod va Yashnobod tumanlaridagi shaharga olib kiruvchi 6 ta metro bekati atrofida avtoturargohlar tashkil qilinib, tayyor biznes sifatida auksionga chiqariladi.

 

    Boshqa yangiliklar