Davlatimiz rahbari qurilishga ruxsat berilganda, mavjud infratuzilmaga yuklama bo`yicha aniq hisob-kitob qilinmayotgani, yashil maydonlar tashkil qilish ishlari qurilishlar bilan hamohang olib borilmayotganini tanqid qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu bois, shaharning bosh rejasi tasdiqlanmaguncha yangi qurilishlarga moratoriy e`lon qilinishi ta`kidlandi.
2023 yilda Toshkent shahrining yashillik darajasini 28 foizga etkazish vazifasi qo`yildi.
Shu maqsadda 100 gektar maydonda yangi bog` tashkil qilinadi. “Toshkent yashil belbog`i” loyihasi boshlanib, bahor mavsumida 525 ming tup daraxt va butalar, 20 million tup gul ko`chatlari ekiladi.
08.02.2023 19:08
Shaharda bosh reja bo`lmaguncha, yangi qurilishlarga moratoriy e`lon qilinadi






