AsosiyJamiyat

Toshkent aeroportida yo`lovchilarni kutib olish uchun alohida hududlar tashkil etiladi

'Toshkent aeroportida yo`lovchilarni kutib olish uchun alohida hududlar tashkil etiladi'ning rasmi

"Uzbekistan Airports" yo`lovchilarni kutib oluvchilar uchun "Toshkent" xalqaro aeroportining uchib kelish zali yonidagi R2 va R3 avtoturargohlarida ikkita yangi hudud qurishga qaror qildi. Yo`lovchilar oqimining jadal sur`atlarda o`sib borayotgani munosabati bilan, yaqinlari va do`stlari bilan uchrashish uchun kelganlarga uchib kelish terminalida ajratilgan hudud etarli bo`lmay qoldi.


“14 yanvardan boshlab qattiq sovuq tufayli respublika aeroportlari aerovokzal binosiga odamlarni kutib olish uchun ruxsat oldi. Ilgari takidlanganidek, 2018 yilda qurilgan uchib kelish zali xalqaro standartlarga javob bermaydi, u erda kutib oluvchilar uchun joy ajratilmagan. Bir necha kun ichida biz bojxona zonasini kutib olish zonasidan ajratish choralarini ko`rdik. 400 kv.m. maydon har kuni aeroportga yaqinlarini kutib olishga kelganlar uchun juda torlik qildi. Odamlarning ko`pligi kutib oluvchilar uchun ham, "jonli" yo`lakdan o`tishga majbur bo`lgan yo`lovchilar uchun ham noqulayliklar tug`dirdi. Yo`lovchilar va xavfsizlikni ta`minlovchi xizmatlardan juda ko`p shikoyatlar kelib tushdi. Bu vaqt davomida biz kutib oluvchilar uchun yangi hudud loyihasi ustida ishladik. Ammo, birgina bino vaziyatni sezilarli darajada o`zgartirmasligini anglab etdik”, — dedi “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Ra`no Djuraeva.

    Boshqa yangiliklar