Toshkent shahrida “Suv ta`minoti” xodimi quvur yorilgani bo`yicha nosozlikni bartaraf etish jarayonida tuproq bosib qolishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda darakchi. uz'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi.
Kecha, 8 fevral kuni Olmazor tumani “Universitet” mahallasida “Suv ta`minoti” xodimlari aholining murojaatiga asosan, mazkur hududda 600 millimetrlik quvur yorilgani bo`yicha nosozlikni bartaraf etish uchun kelgan. Ish jarayonida “Suv ta`minoti”da chilangar bo`lib ishlagan, 1984 yilda tug`ilgan T.K. tuproq bosib qolishi oqibatida vafot etgan.
Mazkur holat bo`yicha tergov-tezkor guruhi a`zolari kelib, voqea joyi ko`zdan kechirilgan. Shuningdek, holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda mazkur holat bo`yicha Olmazor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






