AsosiyDunyo

O`zbekiston qutqaruvchilari Turkiyadagi vayronalar ostidan chiqarib olgan jasadlar soni 50taga etdi

'O`zbekiston qutqaruvchilari Turkiyadagi vayronalar ostidan chiqarib olgan jasadlar soni 50taga etdi'ning rasmi

O`zbekiston qutqaruvchilarining Turkiyadagi qidiruv-qutqaruv ishlari yuzasidan qo`shimcha ma`lumot kelib tushdi. Bu haqda Favqulotda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, oxirgi soatlar mobaynida O`zbekiston FVV xodimlari tomonidan halok bo`lganlar vayronalar ostidan yana chiqarib olindi. Qutqaruvchilarimizning vayronalar ostidan olgan jasadlarining umumiy soni 50 nafarga etdi. 

Avval xabar berilganidek, bugun erta tongda O`zbekistondan navbatdagi insonparvarlik yordami Hatayga etkazildi. Mazkur bortning otrga qaytishida vayronkor zilzilada jabrlangan  O`zbekistonning 11 nafar va Qirg`izistonning 6 nafar fuqarosi Toshkentga evakuasiya qilindi.

    Boshqa yangiliklar