AsosiyJamiyat

Bugun qor yog`adi. Harorat -3 darajagacha pasayadi

'Bugun qor yog`adi. Harorat -3 darajagacha pasayadi'ning rasmi

Bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda biroz qor yog`adi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ertalab ba`zi joylarda biroz qor yog`ishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, Farg`ona vodiysi bo`yicha ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2° sovuq-3° iliq, shimolda 2-7° sovuq bo`ladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 1° sovuq-1° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarida vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar