Andijon viloyatining Qo`rg`ontepa tumanida Qirg`iziston Respublikasidan noqonuniy olib o`tuvchi er osti yo`llari aniqlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 3 va 9 fevral kunlari O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida, Qirg`iziston Respublikasi O`sh viloyati Qora-Suu tumani hududidan O`zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali Andijon viloyati Qo`rg`ontepa tumani hududiga olib kiruvchi, har birining eni 60 sm, balandligi 1,5 metr, uzunligi taxminan 150-200 metrli ikkita er osti yo`llari mavjudligi aniqlandi.
Hozirgi vaqtda, ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 223-moddasi bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi doirasida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






