Turkiyaning sobiq tashqi ishlar vaziri, muxolifatdagi Respublika Xalq partiyasi sobiq raisi DenizBaykal 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda partiya etakchisi Kamol Qilichdoro`g`lu ma`lum qildi.
“Turkiyani sevadigan raisimiz va Respublika Xalq partiyasi etakchisi, Antaliya hududidan deputatimiz, aziz oqsoqolimiz DenizBaykal vafot etganini juda katta qayg`u bilan ma`lum qilaman.
U bizga kurashga to`la hayot hikoyasini qoldirdi”, deb yozdi Kilichdoro`g`lu Twitter`dagi sahifasida. U janob Baykalning o`limi sabablarini ochiqlamagan.
Ma`lumot uchun, DenizBaykal 1938 yilda Antaliyada tug`ilgan. 1973 yilda u ilk bor Respublika Xalq partiyasidan Turkiya parlamentiga saylangan.
1970 yillarda u moliya va energetika vaziri lavozimlarida ishlagan. 1995-1996 yillarda janob Baykal Turkiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari va mamlakat bosh vaziri o`rinbosari bo`lgan. Shuningdek, 1992–1995 va 2000–2010 yillarda Respublika Xalq partiyasi rahbari bo`lgan.






