Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumanidagi ko`p qavatli uy ichidan darz ketgani aks etgan videolar tarqaldi.
Videodagi fuqaro bino 2017 yilda qurilgan qurilgan yangi "novastroyka" ekanligini aytgan.
"Novastroyka" deb bizga aldov yo`li bilan shu uyni sotishdi. Qurilganiga hech qancha bo`lmagan bo`lsa-da uyning devorlari yorilgan. Bu yoriqlardan bemalol ko`cha ko`rinadi. Oynalari va eshigi ham yopilmaydi", - deydi fuqaro.
Mazkur holat yuzasidan Qurilish vazirligi mas`ullar tomonidan o`rganish ishlari boshlanganini ma`lum qildi.
"Tez orada vazirlikning rasmiy munosabatini taqdim etishimizni ma`lum qilamiz", deyilgan vazirlik xabarida.






