AsosiyJamiyat

O`zbekiston–Afg`oniston temir yo`lidan foydalanish borasida yangi kelishuv imzolandi

'O`zbekiston–Afg`oniston temir yo`lidan foydalanish borasida  yangi kelishuv imzolandi'ning rasmi

Avval xabar qilganganidek, shu kunlarda Termiz shahrida “O`zbekiston temir yo`llari” AJ, “Sogdiana trans”  ShK  va Afg`oniston temir yo`llari boshqarmasi delegasiyalari o`rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo`yicha muzokaralar bo`lib o`tdi. Bu haqda kompaniya Axborot-tahliliy media markazi xabar berdi.

Joriy yilning 12 fevral kuni Afg`oniston temir yo`l boshqarmasi va “Sogdiana Trans” ShK o`rtasida Hayraton–Mozori Sharif temir yo`lida ekspluatasiya ishlarini davom ettirish to`g`risida yangi kelishuv imzolandi. Yangi kelishuvga ko`ra, “Sogdiana Trans” 2 yil davomida  o`z faoliyatini davom ettiradi.

Bundan tashqari, tomonlar birgalikda “Mozori Sharif” bekatiga yuklarni etkazib berishni tezlashtirishni kelishib oldilar. Hamda Afg`oniston temir yo`llari boshqarmasining mahalliy mutaxassislarini tayyorlashga alohida e`tibor qaratdilar.

Eslatib o`tamiz, 10-11 fevral kunlari 714 ta yuk vagonlari etkazildi. Bugungi kunga qadar yuklarni etkazib berish davom etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar