AsosiyJamiyat

13 fevral kuni O`zbekistonda havo o`zgarib turadi

'13 fevral kuni O`zbekistonda havo o`zgarib turadi'ning rasmi

"O`zgidromet" markazining xabar berishicha, 13 fevral kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 5-7 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi  2-7 daraja iliq bo`ladi.  

Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomg`ir yog`ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 4-9 daraja iliq bo`ladi.  

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Faqat Samarqand viloyatining ba`zi joylarida biroz yomg`ir yog`ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo`ladi.    

Qashqadaryo  viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomg`ir yog`ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 6-11 daraja iliq bo`ladi.  

Surxondaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomg`ir yog`ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi  0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi.  

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi  joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq,  kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.    

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo`ladi.  

Muhim hodisalar  

12-13 fevral kunlari tog`li hududlarda qor ko`chishi xavfi bor.  

    Boshqa yangiliklar