AsosiyJamiyat

Bugun 5 ta viloyatda yomg`ir yog`ishi mumkin

'Bugun 5 ta viloyatda yomg`ir yog`ishi mumkin'ning rasmi

Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-9° iliq bo`ladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-9° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarida vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3° sovuq-2° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar