AsosiyJamiyat

Qibrayda bir nechta yigitlar "samosud" qilindi(video)

'Qibrayda bir nechta yigitlar "samosud" qilindi(video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda yigitlarni "samosud" qilingan holati aks etgan videolar tarqaldi.

Toshkent viloyati IIBB boshlig`i Matbuot kotibining ma`lum qilishicha, "samosud"  Qibray tumanida sodir etilgan.  

2023 yil 22 yanvar kuni bir nechta noma`lum shaxslar tomonidan 1998 yilda tug`ilgan Sh.A. va 2003 yilda tug`ilgan J.X.larni urib tan jarohati etkazganlik holati yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan video bo`yicha aniqlik kiritish maqsadida tezkor surishtiruv olib borilgan.

Mazkur holat yuzasidan to`plangan hujjatlarga asosan Qibray tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyatni fosh etish borasida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida ushbu jinoyatni 2000 y.t. M.A. hamda X.Z.lar sodir etganliklari aniqlanib, Toshkent viloyatining Qibray tumani hududida navbatdagi bezorilik jinoyatini amalga oshirish maqsadida voqea joyiga kelgan vaqtida ushlanganlar.

Hozirda jinoyat ishiga aloqador bo`lgan jinoiy guruh a`zolari hamda ularni boshqa jinoiy holatlarini aniqlashga qaratilgan tezkor surishtiruv tadbirlari hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.


 

    Boshqa yangiliklar