AsosiyJamiyat

Chirchiq shahrida o`zini "Nakazanie Tesla" deb nomlagan guruh odamlarni vahshiylarcha "samosud" qilmoqda (video)

'Chirchiq shahrida o`zini "Nakazanie Tesla" deb nomlagan guruh odamlarni vahshiylarcha "samosud" qilmoqda (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahrida o`zini "Nakazanie Tesla" deb nomlagan bir guruh odamlarni vahshiylarcha "samosud" qilayotgani aks etgan videolar tarqalmoqda.

O`zlarini "Nakazanie Tesla" deb nomlagan bir guruh odamlar samosud bilan shug`ullanmoqda va buni yashirayotgani ham yo`q.  Hattoki vahshiylikni targ`ib qiluvchi va o`zlari olgan kadrlarni joylab boruvchi telegram kanalini ham ochishgan. 

Ular o`zlari ushlab olgan odamlarni guruh bo`lib, beysbol bitalar bilan savalab, buni videoga olmoqda va tarmoqqa joylamoqda.

"Darakchi.uz" huquqni muhofaza qiluvchi organlarga vaziyat haqida ma`lumotga oydinlik kiritish uchun so`rov yubordi.

 

    Boshqa yangiliklar