Xorijga ish ketish uchun go`yoki Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan yashirincha imtihon o`tkazilgani haqida ba`zi internet saytlarida xabarlar tarqaldi. Agentlik ushbu xabarlarga izoh berdi.
Saytdagi xabarda aks etgan holatni o`rganish natijasida ma`lum bo`lishicha, "Turon World Cooperation" xususiy bandlik agentligi tomonidan 11, 12 va 13 fevral kunlari Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazi binosida payvandlash bo`yicha trening o`tkazish rejalashtirilgan. Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi axborot kanallarida ushbu tadbir haqida ma`lumotlar e`lon qilinmagan va unda Agentlik vakillari ishtirok etmagan.
"Ushbu va boshqa xususiy bandlik agentliklari Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi oldida hisobdor emas hamda ushbu tashkilotlar tegishli lisenziyaga ega bo`lgach, faoliyatlarini mustaqil olib boradi" deyiladi xabarda.