AsosiyJamiyat

Surxondaryoda fuqaro o`z tomorqasida 7 kilogramlik sholg`om etishtirdi

'Surxondaryoda fuqaro o`z tomorqasida 7 kilogramlik sholg`om etishtirdi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Bandixon tumanidagi Bag`rikeng mahallasida yashaydigan Baxtiyor Muhammadiev tomorqasi 7 kilogramlik sholg`om etishtirdi. Bu haqda UzA xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, o`ttiz yildan buyon 50 sotix tomorqasida oila a`zolari bilan dehqonchilik qilib kelayotgan sohibkor hosilni yig`ib boshlaganida bir donasi bir quchoq keladigan sholg`omga duch keldi.  

"Turmush o`rtog`im bilan har yili tomorqada mahsulot etishtiramiz. Hali bunaqangi hosil olmaganmiz. Bir donasining og`irligi etti kilogrammdan oshmoqda. Ta`mi ham mazali",–deydi Baxtiyor Muhammadiev.  

Ma`lum bo`lishicha, sholg`om etishtirishda hech qanday mineral o`g`it yoki maxsus dorilardan foydalanilmagan. Sholg`om urug`i bozordan sotib olib, tomorqaga sepilgan xolos.  

    Boshqa yangiliklar