AsosiyJamiyat

⚡️ Qirg`izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambaev ozod etilishi mumkin

'⚡️ Qirg`izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambaev ozod etilishi mumkin'ning rasmi

Qirg`iziston Oliy sudi sobiq prezident Almazbek Atambaevga nisbatan chiqarilgan hukmni bekor qildi va jinoiy ishni qo`shimcha tergovga jo`natdi. Bu haqda "Sputnik Qirg`iziston" xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, bunday qaror advokatlarning arizasidan so`ng Oliy sud tomonidan qabul qilingan.

Bu ish yuzasidan Atambaev koloniyada saqlanmoqda. Hukmning bekor qilinishi sobiq prezidentning hibsdan ozod etilishi mumkinligini anglatadi, deyiladi xabarda. 

Ma`lum bo`lishicha, Atambaev tarafdorlari sobiq prezident saqlanayotgan Moldovanovkadagi koloniya yaqinida yig`ilishdi. Ular sobiq prezidentning bugun ozod etilishini kutishmoqda.

Eslatib o`tamiz, 2011-2017 yillarda Qirg`iziston Prezidenti bo`lgan Almazbek Atambaev 2019 yilda hibsga olingan. Shundan so`ng unga turli ayblovlar e`lon qilingan edi. Qirg`iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambaevga 2020 yilning oktyabr oyida hokimiyatni kuch bilan egallab olishga urinish va ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirish ayblovlari e`lon qilingan.

    Boshqa yangiliklar