1

La Liga. “Barselona” safarda “Sporting Xixon” klubini yirik hisobni taslim qildi

Sport 24.09.2016, 21:46
Teglar: Neymar, Futbol, Sport
La Liga. “Barselona” safarda “Sporting Xixon” klubini yirik hisobni taslim qildi

Ispaniya chempionati 6-turida “Barselona” jamoasi safarda Xixonning “Sporting” klubi mehmoni bo`ldi. Unda 0:5 hisobi qayd etilib, kataloniyaliklar foydasiga hal bo`ldi.

Uchrashuvning 29-daqiqasida Luis Suares hisobni ochgan bo`lsa, Rafinya 32-daqiqada hisobni oshirdi. O`yin yakunida Neymar dubl qayd etdi. Shuningdek, Arda Turan ham o`z nomini tabloga yozdirdi.

Shu tariqa, Luis Enrike jamoasi ishonchli va yirik g`alabani tantana qildi. Ayni damda kataloniyaliklar 13 ochko bilan birinchi o`ringa chiqib oldi. Ammo “Real” hali ushbu turdagi o`yinini o`tkazmadi.

“Sporting” Xixon – “Barselona” 0:5

Gollar: 0:1 – 29 Suares, 0:2 – 32 Rafinya, 0:3 – 81 Neymar, 0:4 – 85 Turan, 0:5 – 88 Neymar.

“Sporting” Xixon – Kuelyar, Xorxe Mere, Kastelyano, Lora, Amorebeta, Rodriges (Duglas Pereyra, 77), Kases, Gomes (Ndi, 68), Alvares, Burgi, Chop (Kastro, 68).

“Barselona” – ter Shtegen, Mate, Pike, Din, Andre Gomesh, Serdji Roberto, Rafinya, Buskets (Suares, 69), Turan, Neymar, Suares (Pako Alkaser, 72).

Ogohlantirishlar: Lora (9), Amorebeta (86).

Chetlatish: Lora (74). 

Sharhlar

Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Futbol bo`yicha 2026 yilgi jahon chempionati formati tasdiqlanmoqda

15.03.2023, 11:00

FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...
Italiya futboli yulduzlari Toshkentga keladi

07.05.2022, 09:03

Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...
Neymar "Real"ga qarshi o`yinda ishtirok etmoqchi

15.01.2022, 09:13

"PSJ" hujumchisi Neymar jiddiy jarohat tufayli anchadan buyon jamoasiga yordam bera olmayotgan edi. Uning qachon safga qaytishi haqida ma`lumot berildi. Bu haqda RMC Sport xabar...
“Lokomotiv” bosh murabbiyi Sekeyra: “Bu tizim bilan O`zbekiston MTJ hech qachon jahon chempionatiga bormaydi”

23.10.2021, 22:16

Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1