Samarqandlik 22 yoshli yigit ijtimoiy tarmoqda qiz bola sifatida akkaunt ochib, tovlamachilik yo`li bilan pul undirishga urindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB xabar berdi.
https://t.me/darakchiuzlive/5168
Ma`lum qilinishicha, samarqandlik yigit AQShda yashovchi, asli Tayloq tumanidan bo`lgan yigit bilan tanishadi. U bilan ma`lum muddat yigit va qiz sifatida gaplashib yurib, oxirida o`zaro yozishmalarni va shaxsiy suratlarini tarqatish bilan qo`rqitib, 28 ming AQSh dollari talab qiladi.