AsosiyJamiyat

Namanganda oraliq imtihonlardan o`ta olmagan talaba o`zini yoqib yubordi

'Namanganda oraliq imtihonlardan o`ta olmagan talaba o`zini yoqib yubordi'ning rasmi

Namanganda 20 yoshli yigit o`zini yoqib yubordi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum bo`lishicha, 2023 yil 10 fevral kuni soat Farg`ona viloyati, Beshariq tumani yashagan, Namangan muhandislik qurilish institutining 3-bosqich talabasi 2002 yilda tug`ilgan X.X. oliygohda 5 ta fandan oraliq imtihonlarni topshira olmaganligi sababli, qayta topshirishga qolib ketgan.

Guruh rahbari talabaning otasiga qo`ng`iroq qilib, o`g`li yuqoridagi 5 ta fanlardan oraliq imtihonlarni topshira olmaganligi haqida ogohlantirgan.

O`z navbatda ota o`g`liga telefon orqali tanbeh bergan.

Shundan so`ng, talaba X.X. otasini bergan tanbehiga zarda qilib, ruhiy tushkunlikka tushib, Yangiqo`rg`on tumani, “Nurafshon” MFY xududidagi dala-adirlik maydoniga o`zi bilan birgalikda benzin yonilg`isini olib kelib, o`zini ustidan quyib, o`zini yoqib, o`z joniga suiqasd qilgan.

X.X.ni yonib jarohat olganligini ko`rib qolgan fuqarolar unga yordam ko`rsatib, shifoxonaga olib kelishgan.

Tibbiy ma`lumotga ko`ra, X.X.ning badanida, alangadan tanasining 50% qismida chuqur kuyish jarohatlari mavjudligi ko`rsatilgan.

Shifkorlar tomonidan ko`rsatilgan tez-tibbiy muolajalarga qaramasdan u 2023 yil 13 fevral kuni shifoxonada vafot etgan. Yangiqo`rg`on tuman prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan JKning 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar