AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning qator hududlarida yomg`ir yog`adi

'Bugun O`zbekistonning qator hududlarida yomg`ir yog`adi'ning rasmi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 6-11° iliq bo`ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-10° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog`li hududlarda qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar