Xabaringiz bor, Qishloq xo`jaligi erlarini to`liq kadastr xatlovidan o`tkazish ishlari ilk bor Qashqadaryo viloyatida boshlangan edi.
Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi va uning filiallari tomonidan Qishloq xo`jaligi erlarini hisobga olish, ularni davlat ro`yxatidan o`tkazish va ushbu er maydonlarining elektron xaritalarini yaratish ishlari davom etmoqda.
Ma`lumot uchun, Qashqadaryo viloyatida 2 million 850 ming gektardan ziyod er maydonlari mavjud. Shundan 2 330,949 gektari qishloq xo`jaligi toifasidagi erlardir.
2023 yil 9 fevral holatida kadastr idorlari tomonidan ikki million gektardan ziyod qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan er maydonlari hisobga olinib, 1million 800 ming gektardan ziyodi davlat ro`yxatidan o`tkazilgan va ularning elektron xaritalari yaratilgan.
Hozirgi kunda ham viloyatda qishloq xo`jaligi toifasidagi fermer xo`jaliklari, ipakchilik va junchilik sanoat erlari, boshqa korxona tashkilot erlari, yordamchi qishloq xo`jaligi erlari,shaxsiy tomorqa erlari, ijara huquqi va umrbod egalik qilish huquqi asosida berilgan dehqon xo`jaligi erlari, fuqarolarga berilgan chorvachilik bog`dorchilik, issiqxona, sabzavot erilarini hisobga olish, ularni UZKAD tizimiga tushirish ishlari davom etmoqda.