"Barselona" hujumchisi Neymar "Sporting Xixon" jamoasiga qarshi (5:0) uchrashuvda insoniylik namunasini ko`rsatib, xasta muxlisning mehrini qozondi.
Uchrashuvdan so`ng braziliyalik futbolchi raqib jamoaning Daun sindromi bilan xastalangan muxlisi yoniga kelib, o`z futbolkasini unga sovg`a qildi.
Neymarning bu ishi muxlislar va ko`plab insonlarning oliqishiga sazovor bo`ldi. Raqib jamoa muxlisi esa xursandchilikdan ko`z yoshlarini to`xtata olmadi.





