AsosiyJinoyat

5 ta hududda elektr energiyasi tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi

'5 ta hududda elektr energiyasi tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari tomonidan elektr ta`minoti korxonalari xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda elektr energiyasi tarmoqlariga  o`zboshimchalik bilan ulanish holatlari fosh etilmoqda.  Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament xabar bermoqda.

Xususan, Departamentning Zangiota tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, “T.-B.”, “T.A.” MChJ rahbarlari va “O`rtaovul” MFYda yashovchi Yu.B.lar maishiy xizmat ko`rsatish binolarini elektr ta`minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, tarmoqqa o`zboshimchalik bilan ulab, jami 476,6 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.  

 Departamentning Qarshi shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K.g.” MChJ rahbari va boshqalar korxonaga qarashli issiqxonani elektr tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulanib, 348,1 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Narpay tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “N.b.” fermer xo`jaligi rahbari A.T. va boshqalar xo`jalik transformatorini hech qanday hujjatsiz yuqori kuchlanishli elektr tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulab, 212,9 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Urganch tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, “Z.Q.” MChJ va “J.N.” xususiy korxonasi rahbarlari umumiy ovqatlanish hamda qurilish ob`ektini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga hisoblagichdan tashqari o`zboshimchalik bilan ulanib, 122,3 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Xonobod shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “N.O.” oilaviy korxonasi rahbari korxona binosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga hisoblagichdan tashqari o`zboshimchalik bilan ulab, 120 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi aniqlangan.

Ushbu qonunbuzilish holatlari oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga jami 618 mln so`m zarar etkazilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar