AsosiyJamiyat

Afg`onistonda buyuk shoirimiz Alisher Navoiy yodgorliklariga zarar etkazildi

'Afg`onistonda buyuk shoirimiz Alisher Navoiy yodgorliklariga zarar etkazildi'ning rasmi

Afg`onistonda buyuk shoirimiz Alisher Navoiy yodgorliklariga zarar etkazilgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burhonov Afg`onistonda Alisher Navoiy yodgorligi buzib tashlanganiga tvitterdagi rasmiy sahifasida munosabat bildirib, yodgorlikga zarar etkazilganligi haqidagi xabarlar qayg`u bilan qabul qilinganligini bildirdi.  

Qayd etilishicha, Tashqi ishlar vazirligi ushbu masala yuzasidan Afg`oniston hukumati vakillari bilan bog`langan.

Afg`onlarning ta`kidlashicha, ushbu vandalizm holati qardosh O`zbekiston bilan ko`p asrlik do`stona munosabatlarni mustahkamlash tarafdori bo`lgan hukumat rasmiy siyosatini aks ettirmaydi, noma`lum shaxslarning o`zboshimchalik va o`ylamasdan qilgan harakati natijasi bo`lgan. 

Ahror Burhonovning yozishicha, Afg`oniston hukumati vakillari yodgorliklarni tiklash va umumiy merosimizga hurmat bilan munosabatda bo`lish choralarini ko`rishini ma`lum qilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar