AsosiyJamiyat

1 kunda 2,6 mlrd so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan — “O`zenergoinspeksiya”

'1 kunda 2,6 mlrd so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan —  “O`zenergoinspeksiya”'ning rasmi

Joriy yilning 15 fevral kuni Energetika vazirligi huzuridagi “O`zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o`tkazilgan nazorat tadbirlarida 119 ta holatda 6,3 mln kVt⋅soat miqdoridagi (jami 2,6 mlrd so`m) elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. 

Ushbu hajmdagi elektr energiyasi o`rtacha 30 mingta xonadonning bir oylik iste`molini tashkil qiladi. Misol uchun:

  • Namangan shahrida joylashgan “Istiqilol Javoxiri” MChJ elektr tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulanishi natijasida 646 mln so`m;
  • Qo`shrabot tumanida joylashgan “Zamin Sirojxon” fermer xo`jaligi elektr tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulanishi natijasida 275 mln so`m;
  • Bo`stonliq tumanida “Sardor-Sarvar-Akmal Stroy” MChJ elektr tarmog`iga noqonuniy ulanishi orqali 187 mln so`m qayta hisob-kitob amalga oshirildi.

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan iste`molchilarning elektr qurilmalari tarmoqdan ajratilib, holat bo`yicha rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilmoqda.

Hududlarda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar