AsosiyJamiyat

Surxondaryoda quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi

'Surxondaryoda quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi'ning rasmi

Viloyatda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish tobora ommalashmoqda. Xususan, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasida kichik quyosh elektr stansiyasi o`rnatildi. Ushbu qurilma binoni kunduz kuni elektr energiya bilan to`liq ta`minlaydi.

Mazkur quyosh elektr stansiyasining quvvati 30 kilovattga teng. Shuningdek, binoda 56 ta quyosh paneli hamda 2 ta 200 litr hajmdagi quyosh suv isitish qurilmalari ham ishga tushirildi. Natijada 30—40 foiz energiya tejalishiga erishildi.

    Boshqa yangiliklar