AsosiyJamiyat

Abror Muxtor Aliy jarimaga tortildi

'Abror Muxtor Aliy jarimaga tortildi'ning rasmi

Toshkent shahri, Jinoyat ishlari bo`yicha Yakkasaroy sudida Abror Muxtor Aliy nomi bilan tanilgan fuqaro — Abror Abduazimovga nisbatan jurnalist Nikita Makarenkoning bergan arizasi yuzasidan sud majlisi bo`lib o`tdi. Bu haqda jurnalist Nikita Makarenko o`zining Telegram`dagi sahifasida xabar qildi.

Jurnalistning yozishicha, u o`zining arizasida Abror Muxtor Aliy unga nisbatan tahdid, tuhmat va haqoratomuz xabarlar tarqatilishi yuzasidan chora ko`rishini so`ragan.

Sudya Abror Abduazimovni MJtKning 202-2-moddasi birinchi qismi bilan shaxs qadr-qimmatini kamsitishga yoki uning obro`sini kamsitishga olib keladigan yolg`on ma`lumotlarni tarqatganlikda aybdor deb topdi. U ma`muriy javobgarlikka tortildi.

Abror Muhtor Aliy mazkur ish yuzasidan bergan munosabatiga ko`ra, sud unga nisbatan BHMning 20 baravari (6 mln so`m) miqdorda jarima tayinlagan.

"Nikita Makarenkoni Nikita-oy degan jumla bilan yozganim uchun uning yo`q obro`si to`kilgan deb topildi. Sud menga 6 mln so`m jarima tayinladi. Biz Nikita Makarenkoga qarshimiz. Ung nisbatan O`zbekistonda "ketparaslik"ning targ`iboti bilan shug`ullanayotganligi, millatning dardi va g`ami ularning qalbida emasligi haqida gapirgan edik. Shu sabab ma`muriy javobgarlikka tortildik", - deydi Abror Muhtor Aliy.

Makarenkoning so`zlariga ko`ra, sudya haqoratli so`zlar mavjudligi sababli ishni jinoyat ishi tarkibiga o`zgartirish to`g`risidagi iltimosnomani qanoatlantirmagan.

    Boshqa yangiliklar