AsosiyJamiyat

Toshkentda avtobus YTHga uchradi

'Toshkentda avtobus YTHga uchradi'ning rasmi

Bugun, 18 fevral kuni Toshkent shahrining Sergeli tumani tumanida yo`lovchi avtobus ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Holat yuzasidan Shahar IIBB YHXB ma`lumot berdi.

Hodisa soat 06:45 da Sergeli tumanining Yangi Sergeli ko`chasida yuz bergan. Unda "MAN" rusumli avtobus hamda Lacetti rusumli avtomashinalari o`zaro to`qnashib ketgan. YTH oqibatida 3 nafar fuqaro tan jarohat olgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar