AsosiyJamiyat

Toshkentda daraxtlar yana qasddan nobud qilindi

'Toshkentda daraxtlar yana qasddan nobud qilindi'ning rasmi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumanida 17 fevral kuni 30 dan ortiq daraxt qasdan nobud qilindi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, Mirzo Ulug`bek tumanidagi “M.T.” MChJga ijaraga berilgan 5000 kvadrat metr hududdagi 35 dona daraxt maxsus qasddan nobud qilinganligi oqibatida o`simlik dunyosiga 196 mln so`m miqdorida zarar etkazilgan.

O`tkazilgan tekshirish natijasiga ko`ra, Mirzo Ulug`bek tumani prokuraturasi tomonidan holat bo`yicha Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o`rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o`simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda Mirzo Ulug`bek tumani IIO FMB tergov bo`limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar