AsosiyJamiyat

Andijonda ichki ishlar xodimiga pora taklif qilgan ayol qo`lga olindi

'Andijonda ichki ishlar xodimiga pora taklif qilgan ayol qo`lga olindi'ning rasmi

Muqaddam uch marotaba sudlangan, 1975 yilda tug`ilgan, fuqaro M.G. (ayol), Andijon shahar, 3-kichik daha hududida vaqtincha yashab, moddiy manfaat evaziga ushbu xonadonda erkak va ayol tanishlarini jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergan. Bu haqda  viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Uning bu jinoyati hududiy ichki ishlar organlari profilaktika inspektori tomonidan aniqlanib, rasmiylashtirilayotgan vaqtda ayol sodir etgan qilmishiga qonuniy chora ko`rmaslik evaziga profilaktika inspektoriga pora sifatida 200 AQSh dollari taklif etgan. Profilaktika inspektori fuqaroning pora berishi jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishi to`g`risida bir necha marotaba tushuntirsada, fuqaro pora taklif qilishda davom etgan.

IIV Shaxsiy xavfsizligi bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.G. profilaktika inspektoriga pora sifatida 200 AQSh dollarini bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

Mazkur holat bo`yicha, Departamentining Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan fuqaro M.G.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar