AsosiyJamiyat

Poytaxt IIBB xavfsiz turizmni ta`minlashga ko`ngillilarni jalb qilmoqda

'Poytaxt IIBB xavfsiz turizmni ta`minlashga ko`ngillilarni jalb qilmoqda'ning rasmi

Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi poytaxtda joylashgan turizm namoyishi ob`ektlariga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy sayyohlar xavfsizligini ta`minlashda jamoatchi yordamchi sifatida ko`ngillilar (volontyor)ni hamkorlikka taklif qildi. Bu haqda bosh boshqarma axborot xizmati xabar bermoqda.

Bunda ko`ngillilar Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi xodimlariga turizm namoyishi ob`ektlari va infratuzilmasi hududlarida sayyohlar xavfsizligi va jamoat tartibini ta`minlashda ko`maklashishi nazarda tutilgan.

Jamoatchi yordamchi sifatida quyidagilar jalb qilinadi:

  • o`n sakkiz yoshdan qirq besh yoshgacha bo`lganlar;
  • sog`ligining holati va jismoniy tayyorgarligi bo`yicha belgilangan vazifalarni bajarishga qodir;
  • muqaddam sudlanmagan;
  • ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turmagan;
  • xorijiy, ustuvor ravishda ingliz va rus tillarini biladigan;
  • yashash va o`qish joyi bo`yicha ijobiy tavsiflangan ko`ngillilar.

IIBB yuqorida sanab o`tilgan talablarga javob beruvchi fuqarolar +99899 010 92 42 va +99891 913 14 49 raqamlariga murojaat etishi mumkinligini bildirgan.

    Boshqa yangiliklar