Statistika agentligining dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilda O`zbekiston Respublikasi bo`yicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yo`l transporti orqali qariyb 9 mln. yo`lovchi tashilgan.
Yo`lovchi tashish hajmi 2021 yil bilan solishtirilganda 13,1 foizga oshgan.
2022 yilda bir kunda o`rtacha 24,6 ming nafar yo`lovchi temir yo`l transportidan foydalangan.
2022 yilda O`zbekiston Respublikasi bo`yicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yo`l transporti orqali jami 73,6 mln. tonna asosiy turdagi yuklar tashilgan.
20.02.2023 11:37
2022 yilda temir yo`l transportida qancha yo`lovchi tashilgani ma`lum qilindi






